Kompyuter dasturlari uchun to‘lov
Assalomu alaykum! Agar bilsangiz Windows operatsion tizimidan foydalanish aslida pullik (litsenziya 200$ turadi). Bu xali shunchaki kompyuterni yoqib oddiy ishlarni bajarish uchun to‘lanadigan pul. Mabodo Misrosoft Offise dasturlarida ishlamoqchi bo‘lsangiz ular uchun ham alohida yana pul to‘lashingiz kerak. Va sizning extiyojingizga qarab yana ko‘plab dasturlardan foydalanish uchun litsenziya sotib olish zarur. Bepul dasturlar ham bor, ammo ularning bajaradigan imkoniyatlari ancha cheklangan. Xozirda yurtimizda kompyuter va uning dasturlaridan foydalanayotganlarning 99% shu dasturlarni sindirilgan (o‘g‘irlangan) versiyasidan foydalanishadi. Chunki bizning to‘lov saloxiyatimiz g‘arb mamlakatlariga nisbatan ancha sust. Daromadlarimiz bunday xarajatlarni to‘lash imkonini bermaydi. Lekin kompyuter saboqlari va tirikchiligini qilmay o‘tirib ham bo‘lmaydi. Shu holatda qanday yo‘l tutmog‘imiz to‘g‘ri? Dasturchilarning mehnati ham qadrlanishi kerak, ilm oluvchilar ham ilmdan qolmasligi kerak axir
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 200 dollar turadi degan gap noto‘g‘ri. Siz toshkendagi malika savdo markaziga kelsangiz u erda 25 dollardan sotishmoqda. Misrosoft Offise ni ham arzon variantlarini topsa bo‘ladi. Kompyuter sohasida ishlayotganlar oyiga necha yuz dollar topayotganidan bizni ham xabarimiz bor. Agar qilayotgan ishi o‘z harajatlarini halol yo‘l bilan qoplamasa, boshqa halol ish topishi kerak. Bir narsa qimmat degani uni o‘g‘irlab ishlatish halol degani emas. Xususan bugungi kunda ularning bepul boshqa o‘rinbosarlari bor. Ularning imkoniyatlari kam bo‘lishi mumkin. Lekin masalaning echimi mavjud. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom