Kutubxonadagi internet
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar. Bizga bilmagan narsalarimizni o‘rgatayotganingiz uchun Rahmat. Sizlarga yana bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Buni izlash xizmatidan topa olmadim. Men Universitetda o‘qiyman va bu erda talabalar bilim olishlari uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratilgan. Shulardan biri internet bepul bo‘lgan kutubxona. Internet tarmog‘i sim orqali kelganligi uchun uni noutbuklarga ulasa bo‘ladi. Bizga o‘z kompyuterimiz orqali tarmoqdan foydalanish qulayroq. Biz shundan administratordan so‘ragan holda (administrator bo‘lmasa shundoq) o‘z noutbukimiz orqali ba’zi bir ehtiyojlarimiz uchun foydalansak bo‘ladimi? (masalan antivirusni yangilash. Agar yangilamasdan foydalansak internetdan turli viruslar o‘tishi mumkin). javobingiz uchun oldindan Rahmat. Sizlar tufayli ko‘p narsalarni o‘rganayapmiz. Sizlarni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shaxsiy manafaatingiz uchun foydalanish joiz emas. Siz “Bundan foydalansak nima bo‘pti” deysiz, yana kimdir “Ishxonaning mashinasida oz-moz kira qilsam nima bo‘pti” desa, bog‘cha opa “Ozroq narsani uyga olib ketsam nima qipti” desa va undan kattaroqlar “Kolxozni bitta qo‘yini so‘ysak nima bo‘pti” desa. Tartib intizom qaerda qoladi? Birovning haqqi degan narsa unut bo‘lib ketadiku. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom