Zakot berolamanmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Savolim shundan iboratki meni 2 ta ayolim bor. Ikkinchi ayolimga ta’minotini qilib bermaganman, ya’ni yashash uchun uy olmadim. U 2 yildan buyon ota onasi uyida turadi. Albatta Alloh nasib qilsa uy olib berish niyatim bor, Allohga shukurki, zakot berishga imkonim xam etarli. So‘ramoqchi bo‘lganim ayolimga uy olib bermasam xam zakot berolamanmi? Men bergan zakot qabul bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ayolingizga zakot berolmaysiz. Mabodo bersangiz ham ado bo‘lmaydi. Boshqa faqir misknlarga berishingiz farz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 146 | Zakot