Telegrammdagi 1619-savol javob bo‘yicha

Assalomu alaykum! Deyarli barcha energetik ichimlikda tourin qo‘shimchasi qo‘shilgan va bu tourin xo‘kiz urug‘i hisoblanib dinimizda harom hisoblanadi degan gap eshitdim. Sizlarni javoblaringizda boshqacha ekan. Shuni tushuntirib bersangizlar, iltimos. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz u ichimlikka nima narsa qo‘shilishini aniq bilmaymiz. Shuning uchun umumiy qoidani keltirdik. Uni harom deb fatvo berayotganlar unga qo‘shilayotgan narsalarni haromligini aniq isbotlasalar bosh ustiga qabul qilamiz. Ungacha haromligiga fatvo bera olmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:52 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar