Uy loyihasi savdosi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men uy planini loyixalashtirib bir mijozga sotdim. Ikkinchi mijoz xuddi shu loyixani yoqtirib qolib “menga soting” deb turib olgan. Bu loyixani birinchi mijozdan rozilik so‘rab savdo qilsaq bo‘ladimi? Ikkinchi mijozga sotish uchun loyixa qiymatining yarmi davlat idoralaridan rasmiylashtirishga ketadi. Alloh ilmingizga ilm qo‘shsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta roziligini oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:55 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar