Qanday ado qilsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum!  Xayrli ishlaringizda Alloh  madadkor bo‘lsin! Mahallamizda rus millatida(qaysi dinga e’tiqod qilishini bilmiman) telbanamo bir ayol bor edi. 10 yilcha oldin o‘sha ayol pensiyasini tushirib qo‘ygandi. Biz do‘stlarim bilan o‘sha pulga muzqaymoq olib eb yubordik. Taxminan 1 soatladan keyin o‘sha ayol pulini qidirib  keldi va bir oylik non pulim deb yig‘ladi. U ayol qazo qilgan.  Savolim shuki men o‘sha eb yuborgan pulini qanday uzsam bo‘ladi? Musulmon bo‘lmasa ham u ayolni nomidan sadaqa qilib yuborsam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Merosxo‘rlaridan birortasi bo‘lsa o‘shalarga to‘laysiz. Mabodo bo‘lmasa savob umid qilmasdan faqir miskinlarga sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:55 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar