Bunday holatda taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim sizlardan bir masalani so‘rab berishimni iltimos qiludila, ruxsatila bilan savollarini bersam. Bir ayol eri bilan 2 yildan beri yashamas ekan, eri xabar xam olmayotgan ekan. Ayol ajrashaylik desa eri kelmayotgan ekan, ayolni onasi erini onasiga “farzandingizdan so‘rang maqsadi nima” desa erining onasi “farzandim allaqachon javobini berganman divoti” depti, unda talog‘ini bergin desa man talog‘ini berganimga ancha bo‘gan dep javob beripti. Bu holatda ayol nima qilishini bilmayotgan ekan. Taloq tushganmi yo‘qmi? Tushgan bo‘lsa iddasini ham saqlidimi yoki tushmagan bo‘lsa qay holatda talog‘ini olsa bo‘ladi? Javopingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Er, “Men talog‘ini berganimga ancha bo‘lgan” degan bo‘lsa, bu gap bilan taloq tushadi. O‘sha so‘z og‘zidan chiqqan vaqtdan iddaga o‘tirishi kerak edi. Mabodo o‘sha aytilgandan buyon hayz ko‘radigan ayol uch hayz ko‘rgan bo‘lsa, iddasi ham chiqqan bo‘ladi. Bilgan bo‘lishi shart emas. Bu o‘rinda er haqiqatda shu so‘zni aytganini aniqlash lozim. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush