Shirk amalini qilgan bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Boshqa erga savol bergim kelmadi, sababi ishonolmadim. Bizning mazhabda, bir katta daraxtni kesishdan oldin buni egasi bor birinchi qon chiqarib keyin kesish kerak bo‘lmasa o‘zingga bir ziyon etadi yoki bir qabr egasiga atab undan biron ishini to‘g‘irlab berishi umidida unga atab jonliq so‘yish bormi? Shunday odam shirk amalini qilgan bo‘ladimi? Shirk bilan dindan chiqish o‘rtasida farq bormi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! SAVOL: Qabrlarning ustiga sham yoqish, gul qo‘yish, latta bog‘lash, bolaning kokilini atash, tavof qilish, qabrlarni silab-siypalab, o‘pish, ularga atab jonliq so‘yish joizmi? JAVOB: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarga chiroq yoqishdan qaytaribgina qolmasdan, bunday ishni qiluvchilarni la’natlaganlar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni, qabrlarni sajdagoh qilib oluvchilarni hamda qabrlar ustiga chiroq yoquvchilarni la’natladilar». Abu Dovud rivoyati. Bilimsiz kishilar qabrlarga sajda qiladilar, tavof qiladilar, ostonasini o‘padilar, bu ishlarning barchasi shar’an nojoiz, Ahli sunna va jamoa imomlari nazdida harom hisoblanadi. Shariatimiz qabrlarni extirom qilishda bu kabi yo‘l tutishdan qaytargan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keyinchalik ummatlari shu ishlarga qo‘l urishi mumkinligini bilib, bundan qaytarganlar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ : فِي مَرَضِهِ الَّذِي مَاتَ فِيهِ لَعَنَ اللَّهُ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى اتَّخَذُوا قُبُورَ أَنْبِيَائِهِمْ مَسْجِدًا ... Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etgan betobliklarida: «Alloh taolo payg‘ambarlarining qabrlarini sajdagoh qilib olgan yahudiy va nasorolarni la’natladi», dedilar...» Buxoriy rivoyati. وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ ... وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ «Bilingki, avom xalq tarafidan o‘liklarga atab nazrlar qilish, Allohning do‘stlarining qabrlariga ularga yaqin bo‘lish maqsadida tangalar tashlash, sham, chiroqlar yoqish botil va harom ishlardir. Bu narsalarga xususan, asrimiz odamlari ko‘proq mubtalo bo‘lganlar». («Roddul Muhtor»). Ko‘pchilik insonlar Allohning do‘stlarining qabrlariga borib, ulardan farzand so‘raydilar, atab jonliq so‘yadilar, is chiqaradilar. Bu ishlar ham, so‘yilgan jonliqlar ham – barchasi haromdir. وَلَا يَمْسَحُ الْقَبْرَ وَلَا يُقَبِّلُهُ فَإِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَادَةِ النَّصَارَى «Qabrni silab-siypalab, o‘pib bo‘lmaydi. Chunki bu nasorolarning odatidir». («Fatavoi Hindiya»). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar