Ayolidan shubxalanish

Assalomu alaykum! Meni eshitganim agar er safardami yoki uydami qaerda bo‘lsa xam ayoli xaqida shubxaga borsa, ya’ni boshqa erkak bilan yuriptimikin, telefonda birorta erkakni topib oldimikin yoki shunga o‘xshash xar xil xayollar erni tinch qo‘ymasa bunday vaziyatda o‘rtaga taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubha bilan taloq tushadi degan joyi yo‘q. Vasvasa shaytonning ishi, unga quloq solsangiz oilani barbod qilmaguncha to‘xtamaydi. Siz shubhani qo‘yib, shubhasiz ishlarga o‘ting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar