Eshel javrob haqida

Assalomu alaykum! Agar eshel javrobini bir marotaba kir mashinada yuvib keyin kiyib, unga mash tortib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Buni so‘rayotganimning sababi, javrobning g‘ilofiga kir mashinada yuvish mumkin emas deb yozilgan ekan! Iltimos shu holatni aniqlab beringlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uning ichida suvni o‘tkazmaydigan tselofani bor. Yirtilsa oddiy paypoqdan farqi qolmaydi. Shuni ehtiyotini qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar