Qur’on oyatlari yozilgan telefon
Assalomu alaykum! Ustozlar Qur’on oyatlari yuklab olingan telefon bilan hojatxonaga kirish mumkinmi? Telefonim yaxshi ishlamaganligi sababidan izlash xizmatidan foydalana olmadim. Buning javobini 4-5 kishi kutmokda. Men ojizona “kirib bo‘lmaydi” deb fikr bildirdim. Sizlardan so‘rab ko‘nglimni to‘q qilib olishni niyat qildim. Bu savolga javob berilganiga ham ishonaman. Telefonimni yaxshi ishlamaganidan sizlarga yubordim. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Duolaringizda biz musofirlarni ham eslab o‘tinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda fatvo degan narsa ham, taqvo degan narsa ham bor. Bunga misol qilib quyidagi hadisni keltiramiz: عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: اخْتَصَمَ سَعْدُ بْنُ أَبِي وَقَّاصٍ وَعَبْدُ اللهِ بْنُ زَمْعَةَ فِي غُلَامٍ، فَقَالَ سَعْدٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، هَذَا ابْنُ أَخِي عُتْبَةَ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ عَهِدَ إِلَيَّ أَنَّهُ ابْنُهُ، انْظُرْ إِلَى شَبَهِهِ، وَقَالَ عَبْدُ اللهُ بْنُ زَمْعَةَ: هَذَا أَخِي يَا رَسُولَ اللهِ، وُلِدَ عَلَى فِرَاشِ أَبِي مِنْ وَلِيدَتِهِ، فَنَظَرَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم إِلَى شَبَهِهِ فَرَأَى شَبَهًا بَيِّنًا بِعُتْبَةَ، فَقَالَ: هُوَ لَكَ يَا عَبْدُ، الْوَلَدُ لِلْفِرَاشِ وَلِلْعَاهِرِ الْحَجَرُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Zam’a roziyallohu anhumo bir g‘ulom haqida xusumat qilib qoldilar. Sa’d: «Ey Allohning Rasuli, bu mening akam Utba ibn Abu Vaqqosning o‘g‘lidir. U menga bu o‘zining o‘g‘li ekanligi haqida vasiyat qilgan. Qarang-a, unga o‘xshaydi», dedi. Abdulloh ibn Zam’a bo‘lsa: «Ey Allohning Rasuli, bu mening ukam. Otamning to‘shagida uning cho‘risidan tug‘ilgan», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam razm solgan edilar, Utbaga ochiq-oydin o‘xshashini ko‘rdilar. So‘ng: «U senga, ey Abd! Bola to‘shakka nisbat beriladi. Zinokorga esa – tosh!» dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Sa’d ibn Abu Vaqqosning akasi Utba ibn Abu Vaqqos Zam’a ismli kishining cho‘risi bilan zino qilgan, u cho‘ri homilador bo‘lgan edi. Johiliyat odatiga ko‘ra, Utba ibn Abu Vaqqos bu sirni o‘z ukasi Sa’dga aytib, bolamga qaraysan, deb vasiyat qilgan edi. Shu bilan birga, cho‘rining egasi Zam’a bu bolani inkor qilmagan edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlariga kelib, Utbaning ukasi Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu bilan Zam’aning o‘g‘li Abdulloh bolani talashib qoldilar. Sa’d roziyallohu anhuning dalillari akasining vasiyati va bolaning akasiga o‘xshashi edi. Abdulloh ibn Zam’aning dalillari esa otasining inkor etmagani va onasi bu bolani uning to‘shagidaligida tuqqani edi. Bola Utba ibn Abu Vaqqosga o‘xshasa ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Zam’aniki, deb e’lon qildilar. Chunki qoida bo‘yicha, bola to‘shakka nisbat beriladi, zinokor esa toshbo‘ron qilinadi. Modomiki, to‘shak egasi bola meniki deyaptimi, bola uniki. Zinokorni qo‘llab bo‘lmaydi.("Hadis va Hayot" kitobidan). Fatvo shunga bo‘lgan bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Savdo onamizni o‘sha boladan pardalanishga buyurganlar. Fiqhiy kitoblarimizda Qur’on oyati yozilgan varoq, teriga o‘ralgan holda bo‘lsa, hojaxonaga kirishning zarari yo‘q – deyilgan. Ochiq holda bo‘ladigan bo‘lsa, masalan uzukning ko‘ziga yozilganga o‘xshab, makruhdir. Zamonamiz ulamolari telefon shunga o‘xshash jixozlardagi Qur’oni karim bilan hojatxonaga kirishning zarari yo‘q deyishgan. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim