Issiq sovuqmikin

Assalomu alaykum! Mani bir tanishimni shu kunlarda oilasi notinch bo‘lib qoldi. Turmush o‘rtog‘i bilan tez-tez janjallashib qolayotgan ekan. U o‘zini issiq-sovuq qilishgan degan taxminda. Shunday hollarda nima yo‘l tutsa bo‘ladi? Kimga murojat qilish kerak? Shu haqida ma’lumot berishingizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir ayol erining ustidan shikoyat qilib, bir ahli ilmning oldiga kelibdi. Shunda masalani yaxshilab eshitgan ilmli kishi, bir idishda suv berib “buni, qachon eringiz bilan janjal boshlanganida og‘zingizga olib, yutmang ham, chiqarib ham yubormang. In shaa Alloh tez orada janjallashmay qolasizlar” debdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach o‘sha ayol minnatdorchilik bildirgani kelib, oilada janjallar butkul to‘xtaganini aytibdi. Shunda olimning shogirdlari “Ustoz suvga nima o‘qib dam solgan edingiz. Kelajakda shunday holatga tushsak, biz ham qo‘llaymiz” deganida, “Men hech narsa o‘qimadim, e’tibor berib qarasam janjalning sababi ayolning tilidan ekan. Shunga sukut saqlasin deb shu usulni qo‘lladim” degan ekan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar