Vafot etgan buvim

Assalomu alaykum! Mening buvim 83 yoshida vafot etdi. Buvim umrining so‘ngi kunlarigacha nasroniy dinida edi, sog‘ligi yomonligi uchun biz xavotirda edik, Allohning qudrati bilan xijriy 1441-yilning boshida (payshanba kuni) Islomni qabul qildi va shu kuning o‘zida azon aytib ismini Zaynab ismiga o‘zgartirik. Oradan bir xafta o‘tib payshanba kuni jon berdi. Allohning qudrati bilan janozasini yilning 1-juma namozida o‘qidik. Alloh qabul qilsin, savolim shuki buvim nixoyatda ko‘p tushimizga kirmoqda. Oilamizdagi xammaga ko‘p tushimiz bir xil kiradi, menga ko‘proq “men o‘lmagan edim” degan manoda kiradi. Tushimizga ko‘p kirmoqda nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘lgan inson tushida o‘lmadim deyishi oxirati go‘zal bo‘lganligi alomatidir. Odatda shahidlarda shunday bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar