NODIR FIKXIY MASALALAR XUSUSIDA

ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU!Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman.1. «Extiyoti peshin xech bir xolda ukilmaydi» ("Fatovoi Tatarxoniya"). Extiyoti peshin ukish musulmonlar ibodatida shak-shubxa tugdirish uchun mu’taziliylar tomonidan chikarilgan bir nayrangdir. Juma namozining farz bulishi oyat, xadis, saxobalar, tobe’inlar va mujtaxidlarning ijmo’si bilan sobit bulgan va kiyomatgacha amaldadir ("Fatavoi Jung"). Ustoz mazkur fatvolar xozirgi kunda xam amal kilinadimi? Yoki bulmasam boshka kitoblarda extiyoti peshin ukish yoki ukimaslik tugrisida bundan boshka fatvolar xam berilganmi? Bizda xozirda ayrimlar juma namozi ukishga shartlari mukammal bulgan masjidda xam extiyoti peshin ukishadi. Men suraganim shaxar jome’sida ukib turib xam extiyoti peshin ukish joizmi yoki joiz emasligida. Jumaning shartlari mukammal bulishi uchun ruxsat bergan voliy yoki xokimning uzi xam namozxon, shariat chegarasida turadigan bulishi kerakmi? Ayrimlar shunaka deyishmokda. Shuning uchun xozirgi masjidlarda ukilayotgan jumalarning shartlari mukammal emas, deyishmokda. Mazkur masala ixtilofli bulganligi uchun kup tushunmovchiliklarga sabab xam bulmokda. «Kimni ustozi ukisin degan bulsa ukisin, ukimasin degan bulsa ukimasin» degan sizning fatvoyingizni kurdim. - Ustoz agar iloji bulsa usha ustozi «ukisin» deganlarning dalillarini bilmokchi edim. Kaysi xadis yoki bulmasam kaysi fikxiy manba asosida bunday fatvo chikarishgan. Ukiydiganlarni uzlaridan surasam, «bizga ukigin deyishgan»dan boshkasiga utisholmaydi. Uzim xali xech kimdan konikarli javob ololmadim. Iltimos mana shu masalada batafsilrok tuxtalib, javob bersangiz. 2. «Imom Muhammad (r.a.) sirriy namozlarda muqtadiy ham surai fotihani qiroat qilishini istehson sanagan ekanlar. Bu mas’ala Imom A’zam (r.a.)dan ham bir marta rivoyat qilingan ekan. Ushbu qavlni mashoyixlarimiz muxtor qavl deb olishgan. Hatto ahli ilm va zakiy namozxonlarning imom qiroati orasidagi sukutlar asnosida surai fotihani bo‘lib-bo‘lib o‘qib olishlari yaxshiroq ekanligi ham fiqhiy asarlarimizda ko‘rsatilgan. Ushbu mas’ala “E’lo us-sunan”da ham ifodalangan. Lekin muqtadiyning o‘qishi imomning o‘qishiga aralashib ketmasligi, unga aslo xalaqit qilmasligi, muqtadiy qiroati ham tajvid qoidalari asosida bo‘lishi, qiroat ma’nosi buziladigan darajada bo‘lmasligi shart qilinadi. Demak, bu imom orqasida qiroat qilish mazhabimizda xos odamlarga tavsiya etiladi xolos. Boshqalar mazhabimizning zohir mas’alasiga binoan, fiqhiy matn kitoblari ko‘rsatmasiga amal qilgan holda barcha namozlarda imom orqasida jim turishi talab etiladi. Aks holda makruhi tahrimiy ishni qilib qo‘yish mumkin.» (fiqh.uz veb saxifasidan olingan). A) Ustoz mazkur fatvoga amal kilib, axli ilm va namoz ruknlaridan yaxshi xabardor bulgan, ilmda bir makomga etishgan musulmon imom orkasida turib, sirriy namozlarda «Fotixa»ni kiroat kilsa buladimi? B) «Hatto ahli ilm va zakiy namozxonlarning imom qiroati orasidagi sukutlar asnosida surai fotihani bo‘lib-bo‘lib o‘qib olishlari yaxshiroq ekanligi…» degan joyini sharxlab bersangiz. Xozirda kupchilik imomlar oyatlar orasida vakf kilishmaydi. Ayniksa «Fotixa» surasida oyatlarni bir-biriga kushib kiroat kilish urf bulgan. Shunaka sharoitda muktadiy kay tarzda «Fotixa» ukiydi? 3. Ayrim fatvolarda imom «Sami’alloxu liman xamidax»ni jaxriy aytib, «Robbana va lakal xamd»ni ichida aytadi, deyilgan. Mazkur fatvoga amal kilsa buladimi? 4. - Ibn Mas’ud (r.a)dan rivoyat kilinadi: Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Birortangiz ruku’ga borganda, ruku’da uch marta “Subhaana Robbiyal ’aziym” desa ruku’si to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir. Va sajdaga borganda sajdada uch marta “Subhaana Robbiyal a’laa” desa, sajdasi to‘liq bo‘ladi, bu eng kamidir.” Ibnul-Muborakdan bunday deb aytgani rivoyat qilinadi; «Imom besh marta tasbih aytmog‘ini men mustahab ko‘raman. Toki orqasida unga ergashganlar uch marta tasbih aytishga ulgursinlar». “Sunani Termiziy” 193-bob.- Iqtido qilgan odam «Attahiyyot»dan keyingi salavot yoki duoni o‘qib bo‘lmasdan turib imom salom berib yuborsa, u ham salom berib namozdan chiqaveradi. Ruku’ va sajdadagi tasbehlarni uch marta aytmay turib imom boshini ko‘tarsa, muqtadiy ham unga tobe bo‘lib boshini ko‘taraveradi. «Olamgiriya», «Qozixon» (“Ming bir fatvo” Abdulaziz Mansur)Ustoz yuqoridagi hadisda ruku’ va sajda tasbehlari 3 marta aytish bilan batamom bo‘lishi aytilgan. Lekin ayrim hollar bo‘ladiki, imomni orqasidagilar 3 marta aytishga ulgurmaydi. A) Shunaqa vaqtda «Olamgiriya», «Qozixon» fatvo kitoblaridagi fatvoga amal qilib, 3 martaga ulgurmasa ham imomga ergashib, boshini ko‘taraveradimi? Bunda muqtadiyning tasbehi batamom bo‘lmay qoladi. Namozi noqislikka uchrab qolmaydimi? B) Yoki bo‘lmasam imomdan sal orqada qolib ketsa zarari yo‘qmi? Imomga kech qolib ergashishning ham muddati bormi? 5. “Jome’ ul mutun” kitobida vitr namozi uchun niyat qilish to‘g‘risida mazmunan quyidagilar aytilgan: “Vitr namoziga niyat qilayotganda vitri-vojib deb niyat qilinmaydi. Chunki buning vojibligida ixtilof bor” (ya’ni farz, sunnat bo‘lishi ham mumkin degan fikrlar ko‘p, Shofe’iyning nazdlarida vitr namozi sunnat). - Namozxon qalbida qaysi namozni o‘qiyotganligini bilishi lozim. Mazkur masalada hal qiluvchi hukm chiqarilganmi ya’ni vojibligi haqida? Abu Xanifa (r.a) ham 3 xil fikr aytgan ekanlar: farz, vojib, sunnat. U zotning fatvolari qay biriga berilgan? E’TIBOR VA JAVOBLARINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. ”Hoshiyatu Raddul Muhtor” kitobining ikkinchi juzi, 157 betida quyidagilar yozilgan:ونقل المقدسي عن المحيط: كل موضع وقع الشك في كونه مصرا ينبغي لهم أن يصلوا بعد الجمعة أربعا بنية الظهر احتياطا، حتى لو أنه لو لم تقع الجمعة موقعها يخرجون عن عهدة فرض الوقت بأداء الظهر، ومثله في الكافي.وف القنية: لما ابتلى أهل مرو بإقامة الجمعتين فيها مع اختلاف العلماء في جوازهما أمر أئمتهم بالاربع بعدها حتما احتياطا اه.ونقله كثير من شراح الهداية وغيرها وتداولوه.وفي الظهيرية: وأكثر مشايخ بخارى عليه ليخرج عن العهدة بيقين.“Va Maqdisiy “Muhiyt”dan naql qiladi: “Misr – shahar ekanida shak voqe’ bo‘lgan har bir erda ularga jum’adan keyin ehtiyoti Peshin niyati ila to‘rt rak’at namoz o‘qish lozim bo‘ladi. Hattoki, agar jum’a o‘z o‘rniga tushmay qolsa, Peshinni ado qilish ila vaqtli farzning uddasidan chiqishlari uchun. Shunga o‘xsha “Kofiy”da ham kelgan.Va “Qunya”da keladi: “Marv ahli ulamolar joizligida ixtilof qilishlariga qaramay unda ikkita jum’a o‘qishga mubtalo bo‘lganlarida imomlari undan so‘ng albatta ehtiyot uchun to‘rt rak’at namoz o‘qishga amr qildilar. Buni “Hidoya”ning va boshqalarning ko‘plab sharhchilari naql qilganlar.“Zohiriya”da: “Buxoro mashoyixlarining aksari uhdadan yaqiyn ila chiqish uchun shu gapni olganlar”, deyilgan.2. Bu savolni ushbu gaplarni qaerdan olgan bo‘lsangiz, o‘sha erdan so‘raganingiz afzal.3. Muqtadiy doimo imomdan keyin bo‘ladi.Bir salom bilan uch rak’atli Vitr o‘qish vojibdir. «Vitr» so‘zi bizning tilimizda toq ma’nosini bildiradi. O‘rganayotgan jumlamizda «bir salom bilan» degan iboraning kelishiga Shofe’iy mazhabida uch rak’atli Vitrni ikki salom bilan o‘qiladi degan gap sabab bo‘lgan. Ularda oldin ikki rak’at o‘qib salom beriladi. Keyin alohida bir rak’at va unda qunut duosi o‘qilib yana salom beriladi.Bizning mazhabimizda uch rak’atda bir salom berish turi qabul qilingan. Shuningdek, bizda Vitr namozi vojibdir.Hanafiy ulamolar Vitr namozini vojib, deganlarida o‘z xayollaridan chiqarib aytmaganlar. Ular bu gapni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga suyanib aytganlar.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ey, ahli Qur’on, Vitr namozi o‘qing. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko‘rur», dedilar». «Sunan» egalari rivoyat qilgan.Xorija ibn Huzofa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar va:«Albatta, Alloh taolo sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U sizlar uchun qizg‘ish tuyalardan ham yaxshidir. U ham bo‘lsa, Vitrdir. U zot sizlarga uni Xuftondan to tong otguncha qildi», dedilar».Abu Dovud, Termiziy va al-Hokim rivoyat qildi.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Kechasidagi oxirgi namozingizni Vitr qilinglar», dedilar».To‘rtovlari rivyat qilgan.Sakkizta sahobiydan, shu jumladan, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh sizlarga bir namozni ziyoda qildi. U-Vitrdir», deganlar. Ya’ni, besh vaqt farz namozlar ustiga bir namozni ziyoda qildi, deganlari.Imom Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal, Ibn Hibbon va Imom al-Hokimlar Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Vitr har bir musulmonga haqqu vojibdir», deganlar.Ko‘rinib turibdiki, Vitr namozi sunnat namozi saviyasidan yuqori. Agar shundoq bo‘lmasa ushbu hadislar aytilmas edi. Shu bilan birga, bu hadislarning dalillik kuchi farz namozlariga dalil bo‘lgan oyat va hadislar dalillik kuchi darajasida emas. Shuning uchun, Hanafiy ulamolar Vitr namozini vojib, deb farz namozidan keyingi, sunnat namozidan oldingi o‘rniga qo‘yganlar. Eng kuchli dalillaridan biri bu namozni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech tark qilmaganlaridir. Bu esa, bu namoz oddiy sunnat namozi emasligini yaqqol ko‘rsatadi.

30 Aprel 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 204 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar