Segaret chekishni tashlagan edi

Assalomu alaykum! Bir do‘stim segaret chekib yurar edi. Bir kuni u segaret chekishni tashladim deb aytdi. Nima uchun tashlading deb so‘radik. U Alloh uchun tashladim deb aytti, lekin u xozir segaret chekishni boshlab yubordi. Shu qilgan ishi gunoxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gapni aytmasdan cheksa ham gunoh, tavba qilib bergan vadasida tursin. Allohdan bu yomon odatni tashlashda yordam berishini va irodasini kuchli qilishini duo qilib so‘rasin. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:47 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar