Kasallikda ro‘za

Assalomu alaykum! Bir yil oldin o‘t pufagimdan kasalik chiqdi va doktor menga ovqatlanish tartibiga e’tibor berishni, ya’ni o‘rtacha me’yorda 5 maxal ovqatlanish va kun davomida suv ko‘proq ichib turishni tavsiya bergan. Bu ovqatlanish tartibini bir yildan beri bajarib kelyapman. Allohga shukr 5 vaqt namoz o‘qiyman, ma’lumki yaqinda ramazon oyi boshlanadi, niyatim savob yo‘lida ro‘za tutmoq. Bir nechta doktorlar bilan ro‘za tutish bo‘yicha maslaxatlashdim. Ayrimlari ro‘za tutaver deyishdi, ayrimi tavsiya bermadi ro‘za tutishni. Maslaxat beringlar, ovqatalanish tartibni buzib ro‘za tutaveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz imkon qadar ramazonda ro‘za tutishga harakat qiling. Tutib ko‘ring, agar zarar qilsa qishning qisqa kunlarida qazosini tutasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 170 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar