Choy suzish
Assalomu alaykum! Akam menga choy suzayotganda birinchi piyolasini o‘zing ol deydilar, ammo oldimda buvim va buvam o‘tiradilar. Akam choyning birinchi piyolasini ozing ol, buni qilish shart deydilar. Men esa avval kattalardan beraman. Shu ishni qilish to‘g‘rimi? Yani birinchi piyolani o‘zim olishim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سَاقِي الْقَوْمِ آخِرُهُمْ شُرْبًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ. وَاللهُ أَعْلَمُ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qavmning soqiysi ichishda ularning oxirgisidir», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziy sahih, degan. Alloh bilguvchiroqdir.
Sharh: Odob bo‘yicha, bir qavmga soqiylik qilib, suv va boshqa chanqovbosdi ichimliklar tarqatib turgan kishining o‘zi oxirida ichadi. Oldin mehmonlarning xizmatini qilib, savobni tugal olib, so‘ngra bemalol o‘zi ichsa bo‘laveradi. Taom ulashish bilan mashg‘ul bo‘ladigan dasturxonchi ham shunday qiladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush