Ibrohim ismining ma’nosi

Assalamu alaykum! Alloh o‘g‘il farzand bersa ismini Ibrohim qo‘ysam bo‘ladimi ? Ibrohim ismining arabchada tarjimasi bormi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibrohim arabcha ism emas, uni farzandga ism qilib qo‘yishda hech qanday xilof yo‘q. Balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham o‘g‘illariga ushbu ismni qo‘yganlar. Uning ma’nosi “Martabasi ulug‘ va mukarram ota”lardan iborat. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar