Novvos uchun haq olish
Assalomu alaykum! Bir insonda sigir bor, boshqa bir insonda esa novvos. Sigirni novvosga qo‘shgani uchun novvos egasi pul olishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz noma’lum narsaning savdosidan qaytargan. O‘sha urug‘dan bola bo‘lish yoki bo‘lmasligi noaniq. Shuning uchun joiz emas. عن جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ رضي الله عنهما قال : نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ بَيْعِ ضِرَابِ الْجَمَلِ. روى مسلم Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urg‘ochi hayvonni erkak hayvonga chatishtirishni sotishdan qaytardilar”. Muslim rivoyati. عن أَنَس رضي الله عنه : أَنَّ رَجُلًا مِنْ كِلَاب سَأَلَ النَّبِيّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ عَسْب الْفَحْل فَنَهَاهُ , فَقَالَ : يَا رَسُول اللَّه إِنَّا نُطْرِق الْفَحْل فَنُكْرَم , فَرَخَّصَ لَهُ فِي الْكَرَامَة رواه لتِّرْمِذِيِّ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan Kilob qabilasidan bo‘lgan bir kishi urg‘ochi hayvonni erkak hayvonga chatishtirishni sotish haqida so‘radi. U zot bundan qaytardilar. Shunda: “Ey Allohning rasuli! Urg‘ochi hayvonni erkakka qo‘yganimizda(shartlashmasdan) biroz hadiya berishadi” dedi. U zot bunga ruxsat berdilar. Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar