Tumor taqqan odam

Assalomu alaykum! Men musofirchilikdaman bu erda bir odam namoz o‘qiydi lekin, doim tumor taqib yuradi. Agar shu odam mening orqamda turib(iqtido qilib) namoz o‘qimoqchi bo‘lsa nima qilish kerak? U odamga tumor taqish shirk ekanin tushintiray desam tushinadigonga o‘xshamaydi. Bu menimcha shirk!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz indamay imomligingizni qilavering. Bunaqa holatlarda birovni shirk bilan ayblashdan juda ehtiyot bo‘ling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 160 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar