It junidan maxsi
Assalomu alaykum! Bilamizki Islomda it harom qilingan hayvon hisoblanadi. Mani o‘qish dargohimda bir domla bo‘lib, sovuq kunlarda it junidan qilingan maxsi kiyib yuradi, chunki u oyoqlarni issiq tutar ekan. Biz “it haromku” desak ham ular “bu jun ximicheskiy abrobotkaladan o‘tgan, shuning uchun xech narsa qilmaydi” deydilar. Aytingchi it junidan qilingan maxsi kiyish musulmon insonga mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘shti eyiladiganni ham, eyilmaydiganni ham ovlanaveradi. Go‘shti eyilmaydiganning terisi, juni va patidan foydalaniladi. وَمَا طَهَرَ جِلْدُهُ بِالدِّبَاغِ طَهَرَ بِالذَّكَاةِ، وَكَذَا لَحْمُهُ وَإِنْ لَمْ يُؤْكَلْ، وَمَا لَا فَلَا وَشَعْرُ الْمَيْتَةِ وَسِنُّهَا وَعَصَبُهَا طَاهِرٌ وَكَذَا الْإِنْسَانُ Terisi oshlash bilan pok bo‘ladigan narsa uni (shar’iy) so‘yish ila ham pok bo‘ladi. Shuningdek, go‘shti ham, garchi eyilmasa ham. Bo‘lmaydigani bo‘lmaydi. O‘limtikning juni, tishi va payi pokdir. Shuningdek, inson ham. Bu bobdagi «pok» so‘zi «iflos» – «najas» so‘zining ziddidir. U hech qachon halol ma’nosini bildirmaydi. Bir narsa pok bo‘lishi va ayni paytda harom bo‘lishi mumkin. Misol uchun, harom o‘lgan qo‘yning terisi harom, ammo uni oshlasa, pok bo‘ladi. Uning ustida namoz o‘qisa bo‘laveradi. O‘zi harom bo‘lsa ham, terisi oshlash ila pok bo‘ladigan hayvonning o‘zi ham pok bo‘ladi. O‘sha hayvonning go‘shti haromligi uchun eyilmasa ham, terisi shilib olingani uchun pok bo‘ladi. Ya’ni o‘sha go‘sht biror joyga tegsa, uni najas qilib qo‘ymaydi. O‘sha erni yuvish ham lozim bo‘lmaydi. «Bo‘lmaydigani bo‘lmaydi», deyilgani terisi oshlash ila pok bo‘lmaydigan hayvonni shar’iy yo‘l bilan so‘yilsa ham, na o‘zi va na go‘shti pok bo‘lmaydi. Uning halol bo‘lmasligi turgan gap, ammo pok ham bo‘lmaydi. Bunga yorqin misol cho‘chqadir. Butun boshli borlig‘i bilan najas bo‘lgani uchun ham uning hech bir a’zosi hech qaysi amal bilan pok bo‘lmaydi. Binobarin, cho‘chqaning qaeriga bo‘lsa-da, tekkan kiyim yoki badanni kamida uch marta yuvib poklash zarur. Ayni chog‘da cho‘chqaning hech bir narsasidan buyum sifatida ham foydalanib bo‘lmaydi. Quyidagi jumlada harom o‘lib qolgan hayvonning ba’zi a’zolarining hukmi bayon qilinadi. O‘limtikning juni, tishi va payi pokdir. Ulamolarimiz mazkur uch narsaga o‘limtikning pati, tuyog‘i, shoxi kabi narsalarini ham qo‘shganlar. أَخْرَجَ الدَّارَقُطْنِيُّ عَنْ عَبْدِ الْجَبَّارِ بْنِ مُسْلِمٍ مِنْ حَدِيثِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ إِنَّمَا حَرَّمَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم مِنَ الْمَيْتَةِ لَحْمَهَا، أَمَّا الْجِلْدُ وَالصُّوفُ وَالشَّعْرُ فَلَا بَأْسَ بِهِ Dora Qutniy Ibn Abbosning hadisidan Abduljabbor ibn Muslim orqali rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘limtikdan faqat uning go‘shtini harom qilganlar. Ammo terisi, juni, tukining hechqisi yo‘q». ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:02 | Savol-javoblar | 206 | Dolzarb savollar