Qurbonlik qilish shartmi? O‘rniga qarzini uzib bersachi
Assalomu alaykum! 1) Qurbon Xayitda qurbonlik qilishga sharoiti bo‘lgan odamga qurbonlik qilish qanday amal? Farz yoki vojibmi? 2) Qurbonlik qilishga qurbi etib turgan odam shu qurbonlik qilish o‘rniga shu pulni boshqa qarzdor odamni qarzini uzib bersa uning bo‘ynidan qurbonlik qilish soqit bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik qilish vojib. Qurbonlikdan boshqa nima ishni qilsa ham qurbonlik soqit bo‘lmaydi. Albatta qurbonlik qilishi kerak.
Qurbonlik molining mislicha pul hadya qilish bilan undagi vojib bo‘lgan haq soqit bo‘lmaydi. Kim agar shunday qilsa gunohkor bo‘ladi.
Fuqaholarning mazhabiga ko‘ra biror amalning o‘rniga kishi o‘z fikricha o‘rinbosar tayin qilib olishi mutlaqo joiz emas.
Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining maruzalarida quyidagi hikoyani keltirganlar:
“Bir kishi qurbonlik kunlarida qurbonlik qilish o‘rniga uni qiymatini beva-bechoralarga sadaqa qilar edi. Bir kecha tush ko‘rdi. Qarasaki, qiyomat qoim bo‘libdi. Sirot ko‘prigi qoim qilingan. Narigi tomoni jannat, juda ko‘pchilik o‘z ulovlariga minib, sirot ko‘prigidan o‘tib jannatga kirmoqdalar. U kishi esa, hayron, qanday o‘tishni va nimaga minishni chorasini topa olmas edi. Odamlarga ulovlar qaerdan kelayotganini tushunmay esankirab turganida, g‘oibdan ovoz kelib, «Bu ulovlar ularning dunyoda tayyorlab qo‘ygan ulovlaridir. Ularning qilgan qurbonliklaridir. Siz qurbonlik qilmaganligingiz uchun ulovdan mahrumsiz, degan ovoz keldi. Uyqudan o‘yg‘ongach tavba qildi». Chunki hadisi sharifda shunday deyilgan: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، رَفَعَهُ: اسْتَفْرِهُوا ضَحَايَاكُمْ، فَإِنَّهَا مَطَايَاكُمْ عَلَى الصِّرَاطِ Abu hurayra roziyallohu anhudan marfu’ holatda rivoyat qilinadi:
“Yosh, navqiron, baquvvat jonivorlarni qurbonlik qilinglar. Chunki, ular (qiyomat kuni) sirot ustidagi ulovlaringizdir”. (Imdodul fatavo 56 bet). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar