Ruza xakida

Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Man sizdan ruza tutish koidalarini bilmokchiman, ishxonamizada bir kiz ruza tutib yuribti avvalosi ruzani tugri yoki notugri tutilvotganini, kabul yoki kabul bulmaganligini etish yolgiz yaratgan egamga ayon, mani suramokchi bulganim u kiz engi yuk kuylakda (lyamkada) yuribti, uzi umuman musulmon ayol bunaka kuylak kiyishi man etilgan, man unga bunaka kuylak kiymang mumkun emas avrati ochik kiyish mumkunmas disam, avratim yopik dedi, sizdan iltimos agar bu savol ilgari berilgan bulsa xam javob bering.1.Ruza tutgan ayol avrati ochik kiyim kiysa unga nomaxramni kuzi tushsa tutgan ruzasi buzuladimi, erini oldida kiyib yursachi?2.Ayol kishini avrati kaerdan kaergacha xisoblanadi. Javob uchun oldindan raxmat, Yaratgan egam umringizni, martabangizni, ilmingizni bundanda ziyoda kilsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ayol kishining ro‘zasi uning biror joyini erkak kishi ko‘rishi bilan ochilmaydi. Ammo ayol ham, erkak ham avratini to‘sib yurishi farzdir.Avrat so‘zi lug‘atda nuqson – ayb ma’nosini bildiradi.Shariatda, berkitilishi vojib va unga nazar solish harom bo‘lgan narsa avratdir.Avratni to‘sish shartligiga dalillar:1. Alloh taolo «A’rof» surasida:«Har bir masjid nazdida ziynatingizni tuting», degan (7-oyat). Ya’ni, kiyimingizni kiying, avratingizni to‘sing.2. Imom Termiziy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh hayz ko‘ruvchining namozini faqat ximor-ro‘mol ila qabul qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Demak, ayol kishi boshi va ko‘ksini to‘sib turuvchi kiyim, ro‘molsiz namoz o‘qishi mumkin emas.Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachagadir. Bu hukmning dalili quyidagilar:Imom Dora Qutniy Abu Ayyub roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:«Ikki tizzadan yuqori narsa avratdandir. Kindikdan pastdagi narsa avratdandir», deganlar.Imom Dora Qutniy Amr ibn Shua’ybdan, u kishi otasidan, u kishi bobosidan roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:«Yosh bolalaringizni etti yoshliklarida namoz o‘qishga amr qilinglar. O‘n yoshga etganlarida uning uchun uringlar va yotar joylarini alohida qilinglar. Qachon biringiz o‘z cho‘risini quliga yoki mardikoriga nikohlab bersa, uning kindigidan pastiga va tizasidan yuqorisiga nazar solmasin. Chunki, kindikdan pasti va tizzadan yuqorisi avratdandir», deganlar. Cho‘riniki o‘sha bilan birga elka tarafi va qorni hamdir. Ba’zi ulamolar ikki biqini ham avrat, deganlar. Bu o‘sha qul va cho‘rilar bor vaqtning taqozosi ila bo‘lgandir. O‘sha vaqtda cho‘rilarning holi boshqacha bo‘lgan.Hur ayolning jamiki badani avratdir. Yuz, ikki qo‘l va oyoq bundan mustasno.Bu hukmning dalillari:Alloh taolo «Nur» surasida:«Sen mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar», degan (31-oyat).Zohir bo‘lgan ziynatlar deganda namozda yuz, ikki qadam va ikki kaft anglanadi. Namozdan tashqarida ikki qadam ham avratdir.«Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar».Ya’ni, boshlariga o‘ragan ro‘mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko‘ksilari va ko‘kraklarini ham to‘sib tursin. Imom Abu Dovud Oyisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda u zotning oldilariga opalari Asma binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirganlarida, u erda o‘tirgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzlarini o‘girib olganlar va: «Ey Asma, ayol kishi hayz ko‘radigan bo‘lganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko‘rinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qilganlari aytilgan.Ibn Jarir Tabariy o‘z tafsirlarida Oyisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilarki: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini o‘girdilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balog‘atga etgandan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi ko‘rinishi halol emas», deb o‘z bilaklarini tutumlab ko‘rsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi».Demak, mazkur avrat joylarni namozda to‘sib o‘qish farzdir.

28 Aprel 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar