Payg‘ambarlar sabri to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Avvalambor qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Bilamizki hamma payg‘ambar alayhissalomlar sabr bobida eng ibratli bo‘lishgan. Ammo men Ayyub alayxissalomning sabri qiyomatgacha insonlarga zarbulmasal bo‘ladi, chunki u kishi Allohga duo qilganda sabrning eng oxirgi imkoniyatigacha kutganlar dedim. Menda adashish bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir payg‘ambarning qaysidir bir musibat yoki bir baloga sabr qilish bo‘lgan. Ayyub alayhissalom berilgan dardga sabr qilganlar. Nuh alayhissalom 900 yil qavmining jabru jafosiga sabr qilganlar. Lut alayhissalom qavmining fahshiga sabr qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalarda kasallik, ozor va balolarning eng qattig‘iga duchor bo‘lganlar. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Balolarning eng qattig‘i payg‘ambarlarga, so‘ng darajada ularga yaqin, so‘ng darajada ularga yaqinlariga bo‘ladi” deganlar. Shubhasiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlarning ichida eng Allohga muqarrab va suyuklisi bo‘lganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 199 | Siyrat va tarix