Rizq topish uchun harakat qilish
Assalomu alaykum! Allohning Razzoq sifati borligini bilib oldik, ammo bir narsani yaxshi tushuna olmayapman. Alloh O‘zi bandalariga rizqlarini belgilab bergan bo‘lsa, unda bandalar ishlab pul topishga harakat qilmasalar ham rizqlari o‘zi kelaveradimi? Unday bo‘lsa, mehnat qilish bandalarga shart emasmi? Banda o‘zi ishlab topgan mulki bilan Alloh belgilab bergan rizq o‘rtasida farq bormi? Savolim xato bo‘lsa uzr so‘rayman, ammo, shu masalani tushunmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!RIZQ MASALASIAhli sunna va jamoa mazhabi ulamolari «Alloh taolo odamlar va hayvonlardan iborat O‘z maxluqotlariga bergan va ular manfaat olgan dunyoviy va uxroviy har bir narsa rizqdir», deb ta’rif berganlar.
Alloh taolo oqil va oqil emas, katta yoki kichik har bir insonga, har bir hayvonga bergan va ular manfaatlanadigan taom, ichimlik, kiyim yoki maskan ularning rizqidir.
Shuningdek, Alloh taoloning ularni yaxshilikka muvaffaq qilishi, toatlarga yo‘llab qo‘yishi ham rizqdir.
Alloh taolo Hud surasida:وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِي الأَرْضِ إِلاَّ عَلَى اللّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا كُلٌّ فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ«Er yuzidagi jonzot borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning qarorgohlarini ham, saqlanib turadigan joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobda bordir», degan (6-oyat).
Er yuzida o‘rmalagan narsa – odamzot, hayvonot, hasharot, qurt-qumursqa va boshqa jonzotlardir. Shularning hammasiga Alloh taolo rizq beradi. Hammasining yurgani, turgani, tug‘ilgani va boshqa holatlarini biladi. Bularning hammasi ochiq-oydin va ravshan kitobda yozig‘liq hamdir.
Rizq ikki qism bo‘ladi: halol rizq va harom rizq.
Bunga dalil Baqara surasidagi quyidagi oyatdir:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُلُواْ مِن طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ وَاشْكُرُواْ لِلّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ«Ey iymon keltirganlar! Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklaridan englar va Allohga shukr qilinglar, agar Ungagina ibodat qiladigan bo‘lsalaringiz» (172-oyat).Allohning O‘zi mo‘min bandalariga rizq qilib bergan narsalaridan pokini eb, lazzatlangan bandalar rizq bergan Zotga – Allohga shukr keltirishlari zarurligini anglatmoqda.
Mo‘min inson Allohning amriga binoan doimo pok narsani eydi. Bu ilohiy amr uning foydasi uchundir. Pok ozuqa ila ozuqalangan inson sog‘-salomat bo‘ladi.
Alloh taolo Ankabut surasida:وَكَأَيِّن مِن دَابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ«O‘z rizqini ko‘tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir», degan (60-oyat).
Darhaqiqat, o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, ko‘pgina jonzotlar rizqqa muhtoj bo‘lganida, uni tanovul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni o‘zi bilan ko‘tarib ham yurmaydi. O‘ziga rizq jamg‘armaydi ham. Faqat rizq kerak bo‘lganida, uni tanovul qiladi, xolos. Ammo rizq topolmasdan, birortasi ochiqib, o‘lib ham qolmaydi. Rizqini terib eb yuraveradi.
Faqat insongina rizq to‘plashni odat qilgan. Ilohiy ta’limotlardan uzoq bo‘lgan ko‘pgina odamlar hayotni rizq-ro‘z uchun kurashishdan iborat, deb o‘ylaydilar. Ular o‘zlaricha, rizqni o‘zimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar.
Aslida esa:
«Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir».
Ya’ni o‘z rizqini o‘zi ko‘tara olmaydigan o‘sha jonzotlarga ham, insonlarga ham rizqni Alloh taolo beradi.
Alloh taolo Taloq surasida:وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ«Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur», degan (2-3-oyatlar).
Ya’ni kim Alloh buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yo‘lni Allohning O‘zi ko‘rsatib qo‘yadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Allohning O‘zi engil qilib turadi. Shu bilan birga, unga o‘zi o‘ylab, xayoliga kelmagan tomondan rizqu ro‘z etkazib beradi. Odatda, kishilar rizqu ro‘zim serob bo‘lsin, degan maqsadda taqvodan voz kechishadi. Bu esa aksincha natijaga olib keladi.
Ushbu oyati karimaning ma’nosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning o‘ylamagan tarafdan kelishiga sabab bo‘ladi.
Odam ishlab topib, o‘zi manfaat olmagan narsalar uning rizqi bo‘lmaydi. Misol uchun, odam o‘lganidan keyin merosxo‘rlariga qolgan narsalar uning rizqi emas, o‘sha narsalardan manfaat oladigan merosxo‘rlarning rizqidir.
Alloh taolo tomonidan bandaga beriladigan har bir narsa rizq ekanini Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan ham tushunib olamiz.عَنْ أَبِي كَبْشَةَ الْأَنَّمَارِيُّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «ثَلَاثَةٌ أُقْسِمُ عَلَيْهِنَّ، وَأُحَدِّثُكُمْ حَدِيثًا فَاحْفَظُوهُ»، قَالَ: «مَا نَقَصَ مَالُ عَبْدٍ مِنْ صَدَقَةٍ، وَلَا ظُلِمَ عَبْدٌ مَظْلَمَةً فَصَبَرَ عَلَيْهَا إِلَّا زَادَهُ اللهُ عِزًّا، وَلَا فَتَحَ عَبْدٌ بَابَ مَسْأَلَةٍ إِلَّا فَتَحَ اللهُ عَلَيْهِ بَابَ فَقْرٍ» أَوْ كَلِمَةً نَحْوَهَا. «وَأُحَدِّثُكُمْ حَدِيثًا فَاحْفَظُوهُ»، قَالَ: «إِنَّمَا الدُّنْيَا لِأَرْبَعَةِ نَفَرٍ: عَبْدٍ رَزَقَهُ اللهُ مَالًا وَعِلْمًا، فَهُوَ يَتَّقِي فِيهِ رَبَّهُ، وَيَصِلُ فِيهِ رَحِمَهُ، وَيَعْلَمُ لِلَّهِ فِيهِ حَقًّا، فَهَذَا بِأَفْضَلِ الْمَنَازِلِ، وَعَبْدٍ رَزَقَهُ اللهُ عِلْمًا وَلَمْ يَرْزُقْهُ مَالًا، فَهُوَ صَادِقُ النِّيَّةِ، يَقُولُ: لَوْ أَنَّ لِي مَالًا لَعَمِلْتُ بِعَمَلِ فُلَانٍ. فَهُوَ بِنِيَّتِهِ فَأَجْرُهُمَا سَوَاءٌ، وَعَبْدٍ رَزَقَهُ اللهُ مَالًا وَلَمْ يَرْزُقْهُ عِلْمًا، فَهُوَ يَخْبِطُ فِي مَالِهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ، لَا يَتَّقِي فِيهِ رَبَّهُ، وَلَا يَصِلُ فِيهِ رَحِمَهُ، وَلَا يَعْلَمُ لِلَّهِ فِيهِ حَقًّا، فَهَذَا بِأَخْبَثِ الْمَنَازِلِ، وَعَبْدٍ لَمْ يَرْزُقْهُ اللهُ مَالًا وَلَا عِلْمًا، فَهُوَ يَقُولُ: لَوْ أَنَّ لِي مَالًا لَعَمِلْتُ فِيهِ بِعَمَلِ فُلاَنٍ. فَهُوَ بِنِيَّتِهِ، فَوِزْرُهُمَا سَوَاءٌ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّAbu Kabsha al-Anmoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch narsaga qasam ichaman: bandaning moli sadaqa ila nuqsonga uchramas. Banda bir zulmga uchrasa-yu, unga sabr qilsa, albatta, Alloh uning izzatini ziyoda qilur. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh unga faqirlik eshigini ochar (yoki shunga o‘xshash bir kalima aytdilar). Sizga bir hadis aytaman, yodlab olinglar:
Albatta, dunyo to‘rt nafarnikidir:
Bir bandaga Alloh molini ham, ilmini ham rizq qilib bergan. U bu bilan Robbiga taqvo qilur. Silai rahm qilur. Undagi Allohning haqqini bilur. Bu eng afzal darajadir.
Bir bandaga Alloh ilmni rizq qilib beribdi-yu, molni rizq qilib bermabdi. U sodiq niyatli bo‘lib, «Agar molim bo‘lganida, falonchining amalini qilar edim», deydi. U niyatiga yarasha oladi. Ikkovlarining ajri barobardir.
Bir bandaga Alloh molni rizq qilib beribdi, ammo ilmni bermabdi. U ilmsiz ravishda molini to‘g‘ri kelgan tomonga sochadi. U bilan Robbiga taqvo qilmaydi, silai rahm qilmaydi. Undagi Allohning haqqini bilmaydi. Bu eng yomon darajadir.
Bir bandaga Alloh molni ham, ilmni ham rizq qilib bermabdi. U esa «Agar molim bo‘lganida, falonchining amalini qilar edim», deydi. U niyatiga yarasha oladi. Ikkovlarining gunohi barobardir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Bu hadisi sharifda molga qo‘shib ilmning ham rizq deb atalishi e’tiborga sazovordir. Shu bilan birga, banda Alloh taolo tomonidan berilgan rizqqa nisbatan qilgan tasarrufiga binoan turli darajalarga erishishini ham bilib olmoqdamiz. Rizqni taqvo bilan Alloh taoloning roziligi uchun sarflagan banda oliy darajaga erishadi. Rizqni ilmsiz ravishda to‘g‘ri kelgan tomonga sochgan, u bilan Robbiga taqvo qilmagan, silai rahm qilmagan, undagi Allohning haqqini bilmagan banda esa eng yomon darajada bo‘ladi.
Imom Ibn Abi Dunyo va al-Hokim rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ruhul qudus mening ko‘nglimga «Nafs o‘z rizqini to‘laligicha olmagunicha zinhor o‘lmas. Allohga taqvo qilinglar, talabi rizqni go‘zal qilinglar, rizqning kech qolishi sizni uni Allohga ma’siyat ila talab qilishga olib bormasin. Albatta, Allohning huzuridagi narsaga faqat U Zotga toat qilish ila erishiladi», degan ma’noni soldi», deganlar.
Bu hadisdan ham bir necha muhim foydalar olamiz:
1. Har bir jon rizqini to‘la olishi muqarrar ekani.
2. Talabi rizqni taqvo asosida, halol yo‘l bilan qilish zarurligi.
3. Rizqi kech qolsa, haromga qo‘l urish mumkin emasligi.
4. Alloh taoloning huzuridagi narsaga erishaman degan odam U Zotga toat qilmog‘i lozimligi.
Imom Bayhaqiy Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:
«Albatta, rizq bandani xuddi ajali uni quvgandek quvib yuradi».
Demak, rizq adashib ketishi mumkin emas ekan.
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
«Albatta, Alloh pokdir va pokdan boshqani qabul qilmas. Albatta, Alloh mo‘minlarga rasullarga amr qilgan narsani amr qilgan, «Ey payg‘ambarlar! Pok narsalardan englar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni o‘ta biluvchiman», degan».
Ahli sunna va jamoa mazhabi rizqni pok va nopokka taqsim qilgan bo‘lsa ham, Alloh taolo faqatgina halol, pok rizqnigina qabul qilishini ta’kidlaydi. Ajru savob ham shunga bog‘liq. Alloh taolo harom, nopok rizqni qabul qilmaydi. Balki uning sababidan jazolaydi, azob beradi.
Mo‘min kishi rizq Alloh taolodan ekanligiga iymon keltirganidan keyin ochko‘z bo‘lmaydi va haromga qo‘l urmaydi.
U halol, pok yo‘l bilan rizqini terib eyishni yo‘lga qo‘yib, qanoat bilan saodatli turmush kechiradi. (“Sunniy aqiydalar” kitobidan).Siz bu kabi masalalarda chuqur ketmasdan, o‘zingizga yaqinroq joydagi bu borada chuqur ilmga ega bo‘lgan ahli ilmdan kengroq ma’lumot oling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:44 | Savol-javoblar | 208 | Aqiyda