Unutilgan pul

Assalomu alaykum! Kecha do‘konimizda kimdir 10 ming so‘m pulini unutib qoldirganini ko‘rib qoldim. Egasini bilolmadik. Bugun bir ayol yordam so‘rab kelgan edi shu pulni ayolga berib yubordim. Albatta unutgan kishining nomidan deb. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Avvalo egasini kutib, topib berishingiz kerak edi. Topilmasa, keyin berib yuborsangiz bo‘lar edi. Mabodo endi egasi kelsa, o‘zingizni yoningizdan to‘lab berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar