To‘sh yuborish
Assalomu alaykum! Bilamizki fotixa marosimida kuyov tomondan kelinga sep keladi. Undan keyin kelin ham kuyov tarafga to‘sh yuboradi. Dinimizda bu haqida biror ma’lumot berilganmi? Ya’ni bu ish halolmi yoki xarom? Yoki bu shunchaki an’anaga aylanganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda bu kabi ishlar yo‘q. Bu urf hisoblanadi. Urf esa shariatga xilof bo‘lmasa, shariat masdarlaridan hisoblanadi va unga amal qilinadi. Shuning uchun yuqoridagi sep va to‘shlar sovg‘a almashish qabilidagi ishlar ixtiyoriy holatda bo‘lsa, zarari yo‘q. Lekin majburiy holatda bo‘lsa, durust emas. Xususan kelin tarafidan beriladigan sovg‘alarda shariatda ularning zimmasiga moddiy majburiyatlar yuklatilmaganligi nuqtai nazaridan chin ko‘ngildan berishsa, joiz. Lekin shuni qilish kerak, bu urf-odat deyilsa, bu fosid urf bo‘lib shariatga xilof bo‘lganligi uchun unga amal qilinmaydi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 149 | Islam