Qarz bermoqchi bo‘lganda qo‘shib berishni so‘rash

Assalomu alaykum! Umringiz, ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Mening bir do‘stim 2006-yili ustaxonada 40000 so‘mdan ijarada ishlar edi. 3 oy ijara pulini to‘lab, 4-oyga to‘lay olmadi. Shunda Rossiyadan unga ish taklif bo‘lib qoldi. Ijarachiga borib “men Rossiyaga ketyapman, borib kelganimdan keyin bersam maylimi” deb so‘raganda “Ha albatta” degan ekan. Oradan 11 yil o‘tibdi, endi borib ijara pulini beray desa 40000 so‘mga rozi emas ekan. U “1000000 so‘m berasiz” debdi. Do‘stim necha pul bersa to‘g‘ri bo‘lishini siz azizlardan so‘rab iltimos qilamiz. Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2006-yilda 40.000 so‘m necha gramm tilloga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, o‘shancha tilloning qiymatini berishi vojib. Quyidagi linkda kelgan maqolani o‘qing. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/237-pulning-adrsizlanishi-bilan-bo-li-masalalar-echimi

26 May 2022, 09:09 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar