Eriga itoat qilish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim qo‘shni ayol bilan urishib qoldi va do‘stimni o‘sha ayol bir ikki martta tarsaki bilan urib yubordi. U erda do‘stimni ayoli ham bor edi. Shunda do‘stim qo‘shni ayolga qo‘l ko‘tara olmay xotiniga “sen ham uni urasan, bo‘lmasa talog‘ingni beraman” dedi. Keyin do‘stimni xotini qo‘shni ayolni urdi. Agar do‘stimni xotini erini aytganini qilmaganda taloq tushishi mumkinmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat, inson og‘zidan chiqadigan har bir so‘zga juda katta qadr qiymat va ahamiyat bergan. Erkak ayolning bag‘ishladim va qabul qildim degan gapi bilan ikki begona bo‘lgan shaxslar bir biriga mahramga aylanadilar. Shuningdek og‘izdan chiqqan so‘zning o‘tgan va kelasi zamonda bo‘lishi bilan ham hukmlar o‘zgaradi. Siz aytgan suratda “talog‘ingni beraman” deyish va’da berish hisoblanadi. Va’dasiga vafo qilsa taloq tushadi, agar vafo qilmasa taloq tushmaydi. Ya’ni taloq qilsa tushadi qilmasa tushmaydi. Agar “talog‘ingni berdim” shaklida aytganida edi, ayoli qo‘shni ayolni urmasa oraga taloq tushgan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar