sher

Assalomu alaykum! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohga atab she’r mashq qilgan edim. Shuni sizlarga ulashgim keldi. Ilohim joylari jannatda bo‘lsin.
Har ishda hikmat bordir valekin,
Mo‘minlar qalbida bo‘ldingiz hasrat,
Qabringiz tuprog‘i sovimay turib,
Bu aziz qadringiz bilindi Hazrat. Aytishdi: dunyodan o‘tibdilar Shayx,
Qanchalar bezabon qildilar hayrat,
Ilmga intilgan mendek shogirdni,
Armonda qoldirib ketdingiz Hazrat. O‘shal kun quyosh ham botib ufqqa,
Oyning chiqishi chun kutibsiz fursat,
Yangi kun quyoshi otishin kutmay,
Foniy bu dunyodan ketdingiz Hazrat. Millionlab muxlislar ko‘zlarida yosh,
Ma’rifatli qalblar qilmoqda fikrat,
G‘am bosib egildi qancha – qancha bosh,
Sizchi qaytmas bo‘lib ketdingiz Hazrat. Bir umr hayotga mazmun to‘ldirib,
Iymonsiz qalblarga jo qilib sunnat,
Rasulning haqiqiy vorisi bo‘lib,
Ilmga qondirib ketdingiz Hazrat. Qo‘limda qalamim titraydi hamon,
Judolik dardidan yozyapman ibrat,
To tirik ekanman topolmam sira,
Sizdayin Tavfiqli olimni Hazrat. Kitobingiz o‘qib quvonadi dil,
Go‘yoki siz bilan quraman suhbat,
Duolar qilaman Qiyomat qadar,
Sizdayin olimlar tug‘ilsin Hazrat. Buxoriy, Termiziy izlaridamiz,
Allohning ishqila topamiz Jannat,
Payg‘ambarim bilan Kavsar bo‘yida,
Suhbat qurmoqlikka ilhaqmiz Hazrat. Ko‘zlarimiz mayli nam bo‘lsa, bo‘lsin,
Qiyomat tonggiga etguncha fursat,
Joyingizni Jannatdan tilab duoda,
Yuzimizga mash tortib qo‘yamiz Hazrat. Kitoblaringiz qoldi, lavhalar qoldi,
Qoldi umringizdan bizlarga ibrat,
Muhammadga Sodiqlik yo‘llaringizni,
Davomchisi bo‘lib qolaylik Hazrat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tashakkur. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 180 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar