Ovqatlanish odobiga rioya

Assalomu alaykum! Chap ko‘lda ovqat eyish haromligini bilaman va imkon qadar bunga amal qilaman. Lekin ba’zida chap qo‘lga ovqat tomishi yoki non uvog‘i yopishib qolgan bo‘lsa, chap qo‘lni sekingina yalab tozalab olsa bo‘ladimi?
2) Farzandim tug‘ma chapaqay. Hozir 6 yosh. O‘ng qo‘lda ovqat eyishga majburlab o‘rgatib turaman. Lekin men oldida bo‘lmasam yana chap qo‘lga olib eydi. U chap qo‘lda ovqat esa ota-ona gunohkor bo‘lmaydimi? Javoblar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chap qo‘lda taomlanish harom emas, balki makruh. 1). Zarurat vaqtlarida makruh bo‘lmaydi. 2). Imkoni boricha o‘rgatib boravering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar