Zakot haqidagi savollarim
Assalomu alaykum! 1) Agar zakot beruvchining moli nisobga etgan bo‘lsa-yu , xatto ancha o‘tib ketgan bo‘lsa, lekin qarzlari xam bo‘lsa, qarz beruvchi bilan uzoqroq muddatga kelishilgan bo‘lsa qaytarish xaqida, moli nisobga etgan zakot berishi va undan farzni savobini umid qilsa bo‘ladimi? 2). Yil davomida moli nisobga etib keyin yana savdoga tikib yuborgan bo‘lsa (xar gal uzog‘i bilan 2-3 kunda yana nisobga etavergan bo‘lsa), lekin zakot bergisi kelsa farzni savobiga umid qilsa bo‘ladimi? 3). Xozirgi vaqtga ko‘ra nisob qancha deb belgilanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Nisobga etgan kunida va zakot beradigan kunida nisob miqdoricha mablag‘ bo‘lsa bo‘ldi, berishi farz bo‘ladi. Garchi o‘rtada puli nisobdan kamayib ketgan bo‘lsa ham.
3). Bu yilgi nisob Ramazonda e’lon qilinadi. Ammo qarz bergan kishi talab qilsa zakot berish o‘rniga qarzingizni ado qilishingz kerak. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://fiqh.uz/maqola/194
26 May 2022, 04:56 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar