Ishonchli maxsulot
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda yurtimizdagi bozor va dukonlarda sotilayotgan ozik ovkat maxsulotlari masalan sariyog, margarin, pishlok, shokolad, pecheni larni kaysi korxona yoki firmaniki ishonchli Siz kaysilarini tavsiya eta olasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:17 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom