Tuxmatdan kurkib gusl kilmaslik

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Bundan ancha oldin bir savol bilan murojaat kilgandim. Usha savolimga kuyidagicha javob olgandim: 1-SAVOL: Agar kishi bir birodarining uyida mexmonda bulib, usha erda yotib kolmokni ixtiyor kilsa, shu vaziyatda kechkurun uykusida extilom bulib kolsa, uy egasi uni namozga uygotganda u kishi nima kilishi kerak. Agar gusl kilib olishim kerak, deydigan bulsa, bu fitnaga sabab bulishi mumkin. (ya’ni uy egasining kalbida shubxa tugilishi mumkin, misol uchun u meni ayolim yoki boshkasi bilan alokada buldimikin, degan gumon). Bir birodarimiz shunaka vaziyatda guslni 2 ta farzini ado kilib, namozni ukiyveradi, deb aytgandi, ya’ni ogzini gargara kilib, burniga suv olib, achishguncha chayib, taxoratni olib, namozga turaveradi.JAVOB: - "Hamma yaxshi bilish lozim bo‘lgan haqiyqat shulki, shariat ishi barcha ishdan yuqori turadi. Birovnikiga borganda shariat hukmi o‘zgarib qolmaydi. Bor narsani ochiq aytiladi. Qanday qilib uy egasi o‘z uyida turib, o‘z ayolidan shubha qilishi mumkin. Undan ko‘ra mehmon tush ko‘ribdi degan xayolga borishi oson emmasmi?! Birodarigiz aygan gap noto‘g‘ri."Yakinda "Saodati abadiya" kitobining "Gusl taxorati" bobida kuyidagicha ma’lumotni ukib koldim. Iltimos ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.Iktibos: "Mehmonda bo‘lgan biror uyda junub bo‘lgan kishi, g‘usl tahorati olishi tuhmat, shubha uyg‘otishidan qo‘rqsa, g‘usl olmaydi. Suv bor joyda tayammum olish ham joiz bo‘lmaydi. Iflos bo‘la turib, niyat qilmasdan, iftitoh takbiri aytmasdan, tik turgan holda biror narsa o‘qimasdan, ruku va sajda kabi harakatlar qilib, namoz o‘qiyotgan ko‘rinish joizdir. [Mazhabsiz, reformachi imom orqasida namoz o‘qishga majbur bo‘linganda ham shunday qilinadi."Matndagi ikki masalani tushuntirib bersangiz:1. Mehmonda bo‘lgan biror uyda junub bo‘lgan kishi, g‘usl tahorati olishi tuhmat, shubha uyg‘otishidan qo‘rqsa, g‘usl olmaydi.2. Iflos bo‘la turib, niyat qilmasdan, iftitoh takbiri aytmasdan, tik turgan holda biror narsa o‘qimasdan, ruku va sajda kabi harakatlar qilib, namoz o‘qiyotgan ko‘rinish joizdir.Javoblaringiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozning o‘zi nima bo‘ladi? Bu umuman, mantiqsiz gap.

1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 198 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar