Mayyitning yuzini ochib qo‘yish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz tomonlarda biror bir inson qazo qilsa uni qabrga qo‘yib ko‘mishdan oldin kafanini ko‘kragigacha tushirib ochib qo‘yishadida keyin qabrni ko‘madi. Shu ishga bir necha bora o‘zim guvoh bo‘lganman. Agar shunday qilmasa nima emishki mayyit kafanini eyishni boshlarkan va buning evaziga uning yaqinlarin birin ketin qazo qilarkan. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Shariatimizda bu haqida nima deyilgan? Alloh ishlaringizni oson qilsin, javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gapning asosi yo‘q, buni qilish bilan qazoi qadarga bo‘lgan iymonlarida shubha bo‘lib qoladi. Iymonning shartlaridan biri yaxshilik va yomonlikning barchasini Alloh taolodan deb bilishdir. Mayyitning kafanini ochib qo‘yish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar