Borishimiz to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Bu savolni berishdan avval internetdan qidirib, bir qancha maqolalarni o‘qidim. Ko‘pchilik maqolalarda bu ishni maqullanmagan. Bizda bo‘lgan holat bunday: kichkina qizim bor. Bir yarim yoshligida isitmalab qoldi. Pediatrga olib bordik, dori yozib berdi, 5 kuncha ukol oldik. Dorilarini hammasini olib ichirdik, lekin o‘zgarish bo‘lmadi. Dori ichirilsa isitma tushadi, toki dorini ta’siri tugaguncha. So‘ng yana isitma ko‘tarilaverdi. Bu holat davolanish vaqtida 10 kuncha davom etdi. LOR tomoqni artdi, isitma tushmagach yana LOR ga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. U tomoq yaxshiligini bu nimadan bo‘layotganini pediatr bilan maslahatlashib, bizni ilgirga yuborishdi. Bu vaqtgacha bu kasb egasi nima ish qilishini, bu qanday odam ekanligini umuman bilmas edik. Ilgir burunga puflab tomoqdagi yopishgan narsani chiqardi. O‘sha kundan boshlab isitma chiqishi tugadi. Endi har gal isitmalasa, ilgirga va doktorga ko‘rsatadigan bo‘lib qoldik. Agar tomoqda narsa yopishmagan bo‘lsa shunchaki qaytarib ham yuboradi. 5 martacha borgan bo‘lsak, 2 marta shunday qaytarib yuborgan. Ilgir ayol kishi bo‘lgani uchun bolalarni ko‘pincha onalari bilan qabul qiladi va asosan yosh bolalarga (taxminan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga) qaraydi. Bizni bu qilayotgan ishimiz to‘g‘rimi? Kelajakda bolaga zarari yo‘qmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan ilgirchi emas tabib ekan. Borishingizni zarari yo‘q. Bobolarim, momolarim, odamlarim kabi gaplarga o‘tmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan ilgirchi emas tabib ekan. Borishingizni zarari yo‘q. Bobolarim, momolarim, odamlarim kabi gaplarga o‘tmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat