Ramazon oyida va juma kuni vafot etganlar jannatga kiradimi so‘rovsiz

Hurmatli ustozimiz Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf janoblari. Alloh bundanda ziyoda etsin va mudom panohida asrasin. Bizning baxtimizga hamisha Omon bo‘ling ustoz.Uzr,qisqa qilsam. Ustoz,bir suhbatda agar inson ramazon yoki jumada olamdan o‘tsa,u albatta Jannatga tushadi degan gapni aytishgandi. Bir odam bizda ramazonda olamdan o‘tgandi. Benamoz va judayam aroqqa mukkasidan ketgan,qarta o‘yinda profissional edi. Lekin doim g‘iybatni qoralar va oldida g‘iybatga yo‘l qo‘ymasdi. Va shu odatini pesh qilib araq ichaveraman derdi.Ancha yoshda vafot etdi.Albatta uning qaerga borishi Allohga havola. Ammo shu holat qurol bo‘lib, ayrim otaxonlar masjidga ichgan holda borishgacha boryaptilar. Shu rostmi? Dalili yo‘g‘u,ramazon va juma hurmatini hadisdan olisharmish. Mavhumligicha qolgandi shu bizga. Iltimos, bizda kitoblaringizni doim topib o‘qish imkoni hozir muammoroq. Uzbda emasmiz. Javob bersangiz Hazrat. JazaakaAllohu xoyrun!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur gap asossiz. Juma va Ramazon hurmatidan savoli ortga suriladi, xolos. Juma va Ramazon tugashi bilan qilganiga yarasha beriladi.

27 Aprel 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 165 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar