G‘iybatga kirmaydimi?
Assalomu alaykum! Ko‘pincha bir inson qizini turmushga bermoqchi yoki o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lsa farzandlarini baxtini o‘ylab bo‘lajak kelin yoki kuyovni va uning ota-onasini so‘rab surishtiradi. Agar u oila yaxshi bo‘lsa yaxshi deymiz, yomonroq bo‘lsachi? Yomon tomonlarini ham aytsak g‘iybatga kiradimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadis fanida “Ahvalul rijaal” nomli bir yo‘nalish bo‘lib, unda hadis rivoyat qiluvchilarning barcha ayb va nuqsonli tomonlari yoki hadisini olishga loyiq ekanligi batafsil bayon qilib o‘tilgan. Bundan maqsad hadis rivoyat qiluvchilar yolg‘on, to‘qima hadislarni rivoyat qilib, dinga zarar etkazib qo‘yishdan saqlanishdir. Sovchilikka o‘xshash hollarda ham xulqi yomon insonning ayblarini aytish, zolim insonni odamlarga etkazadigan zulmini aytib ogohlantirish g‘iybatga kirmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush