Rasm bilan tijorat
Assalomu alaykum! Hozirda juda ko‘p urfga kirgan ism yoki har xil yozuv yozilgan joynamozlar tikib sotish mumkinmi? Yozuv joynamoz pastida o‘ng tarafda bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz musulmonlarda asosan Alloh sifatlari va rasulining ismlaridan bo‘lgan qo‘shimchalar bilan ism qo‘yiladi. O‘sha ismlarni oyoq ostida qolish ehtimoli bo‘lsa bunday qilmaslik kerak. Alloh va rasuliga behurmatlikka sabab bo‘ladigan biror ishni qilmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilinadigan andak beodoblikni Alloh taolo Qur’oni karimda bayon qilib: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَرْفَعُوا أَصْوَاتَكُمْ فَوْقَ صَوْتِ النَّبِيِّ وَلَا تَجْهَرُوا لَهُ بِالْقَوْلِ كَجَهْرِ بَعْضِكُمْ لِبَعْضٍ أَن تَحْبَطَ أَعْمَالُكُمْ وَأَنتُمْ لَا تَشْعُرُونَ 2. Ey iymon keltirganlar! Ovozingizni Nabiyning ovozidan yuqori ko‘tarmang va unga bir-biringiz ila so‘zlashgandek, baland so‘zlamang, o‘zingiz sezmagan holda amallaringiz habata bo‘lib qolmasin – degan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan Hujurot surasi).
Ushbu oyati karimada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlaridan bir oz bo‘lsada ovozni baland qilish inson bilmasdan turib amallarini xabata bo‘lishiga sabab bo‘lishi zikr qilinmoqda. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar