Javoblar taxlili
Assalomu alaykum!
Hazrat gap o‘ynab pul yig‘ish buyicha savolga quydagi linkda joizmas deganlar agar qarz manosida bulsa: https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,25767.msg142567.html#msg142567
Aslida gaplarda pul yig‘ishdan maqsad bo‘lib-bo‘lib pul berib, keyin bitta qilib yig‘ishtirib olish yani 100% qarzga beriladi. Agar aloqalar uzilib qolmasligini istashganda pul yig‘masdan o‘tirilardi. Bizni ishxonada yaqinda cherniy kassa qilib pul yig‘ishni boshlashdi. Men Hazrat joizmas deganlarini bilardim shuning uchun qo‘shilmadim. Alhamdulilah to‘g‘ri qilgan ekanman. Oxirgi odam pulini yig‘voladigan payit kelganida u berganidan kam pul yig‘iberishdi va janjal boshlandi biri berdim deydi ikkinchisi bermadin deb. Kuni kecha telegramdan sizning javobingiz keldi siz kassa o‘ynash joiz deb javob beribsiz, kassa o‘ynash qarz berishdek gapku bu javobingiz Hazrat bergan javoblariga qarama qarshilik qilmayaptimi? Sizning javobingiz linki: https://savollar.islom.uz/savol/110557
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Bu savol 2011-yilda berilgan ekan. Siz quyidagi 2014-yil berilgan javobni ham o‘qing.
https://savollar.islom.uz/savol/32994
Bu narsa butun dunyo ulamolari tomonidan “Al qordudta’avuniy” ya’ni o‘zaro yordam qarzi deb o‘rtaga tashlandi va o‘rganib chiqilib, joizligiga ittifoq qilindi. Bu borasida Ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning uylarida bo‘lgan dushanba kunlik darslarda qatnashuvchilar o‘rtasida ham muhokama qilingan va Ustoz rahimahulloh bunga rozi bo‘lganlar. Buni shariatga hech qanday zid joyi yo‘q, chunki 100 dollar qarz bergan odam olayotganda ham 100 dollarini oladi. Qachon olish qur’a tashlash orqali belgilanadi. Bu amaliyotni joiz emas deyish, foizga pul olish kabi shariat harom qilgan ishlarning eshigini ochilishiga sabab bo‘ladi. Buni joiz emas deydiganlar to‘g‘ri tashkil qila olmaganlarning ishlarini nazarda tutishadi. Bunda birovning molini botil yo‘l bilan eyish degan masala yo‘q. Vallohu a’lam![url=https://savollar.islom.uz/savol/32994
26 May 2022, 09:25 | Savol-javoblar | 197 | Moliya va tijorat