Kibr yoki g‘urur emasmi?

Assalomu alaykum! Millatimiz orasida odatga aylangan ismlar oxiriga jon xon qo‘shib aytish. Agar kishi biz palonchilardanmiz bizni xon qo‘shib chaqirilar desa bu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ism sohiblarining o‘zlari talab qilishlari joiz emas. Ularning bunday talablari harom hisoblanadi. Agar ular ilm va taqvo ahlidan bo‘lgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Har bir insonning hurmatini o‘z joyiga qo‘yinglar” degan hadislariga muvofiq hurmat qilish kerak. Hozirgi kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zurriyodlaridan tarqagan odamlar ko‘p uchraydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hurmatlaridan ularga ehtirom ko‘rsatish kerak. فَتَكَلَّمَ أَبُو بَكْرٍ فَقَالَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَقَرَابَةُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَحَبُّ إِلَيَّ أَنْ أَصِلَ مِنْ قَرَابَتِي Abu Bakr so‘zlab, «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men uchun o‘z qarindoshlarimga silai rahm qilishdan ko‘ra uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qarindoshlariga qilish suyukliroqdir», dedi». عَنْ أَبِي بَكْرٍ رَضِي اللهُ عَنْه قَالَ: ارْقُبُوا مُحَمَّدًا صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أَهْلِ بَيْتِهِ Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlari rioyasini qiling». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Ushbu hadisning sharhida Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh “Abu Bakr odamlarga nasihat qilaturib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avlodlarini muroqaba qilinglar, ya’ni ularga ozor bermanglar va ularga beodoblik qilmanglar” dedilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar