Zakot haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Bu yil ramazonda molimning zakotini berishni niyat qilib turibman. Menda daromad keltirib turadigan bino bor (uni sotish niyatim yo‘q). Chorva mollarim bor (boqib sotaman). Hamda ishlab chiqarish tsexim ham bor (uni ham sotmayman daromad keltiradi). Mashinam (vaqti vaqti bilan ularni almashtirib turaman yangisiga) va ozgina shaxsiy mablag‘im ham bor. Men shulardan qanday hisoblayman? Bino va tseximning narxini xisoblaymanmi yoki keltiradigan daromadinimi? Mashinamnichi? Bir qo‘shnimiz bor (namozxon emas lekin musulmon) juda qiynalgan shu kishiga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bino va tsexning narxini hisoblamaysiz, keltirgan daromadini hisoblaysiz. Mashina hisoblanmaydi. Bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat