Musofirning namozi
Assalomu alaykum! Yakka tartibdagi tadbirkorman. Vodiydan Toshkentga kelib ketaman. Safarim 1 kundan oshmaydi, kechki 22:00 larda yo‘lga chiqsam ertasi 19:00 largacha qaytib kelaman. Masofa bir taraf 300 km.dan oshiqligi va 15 kundan oz vaqtga chiqqanim uchun o‘zimni musofir hisoblayman. Men farz namozlari haqida so‘ramoqchiman. Ikkita ilmli insondan ikki xil gap eshitib savol yo‘llayapman. 2 holatdan 1-kishi. «4 rakatlik farz namozlari 2 rakat qilib o‘qiladi, agar istasa 4 rakat qilib o‘qiyveradi, bu sunnat amal va dinimizning qulayliklaridan biri. Iqtido qilgan imomi musofir bo‘lsa 2-rakatdan keyin imom salom bergandan keyin o‘rnidan turib qolgan 2 rakatni o‘qib tugataveradi, muqim bo‘lishi shart emas, sunnat rakatlari esa o‘zgarishsiz o‘qiladi» dedi.
2-kishi. «4 rakatlik farz namozlari 2 rakat qilib o‘qish shart bu farz amal va Qur’onda oyat bor. Shuning uchun agar 2 rakat qilib o‘qimasa gunohkor bo‘ladi. Muqim bo‘lsagina to‘liq o‘qiydi. Sunnat rakatlari o‘zgarishsiz qoladi» dedi. Ammo imomga ergashish xaqida indamadi. Men agar muqim odamni imomligini bilmay jamoatga qo‘shilsam, 2-rakatdan keyin salom bervorib turmasam kerak? Bu kishi esa «musofir odamni qisqartirib o‘qishi farz amal» deyapti. Musofir imomni izlab keyin o‘qimaymanku. Mana shu 2 xil holatga izox berib o‘tsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan ma’lumotlarni o‘qing. Unda musofirning namoziga oid masalalar keltirilgan. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/safar/582-musofirning-namoziga-oid-masalalar
26 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 189 | Ibodatlar