Niyatni o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Assalomu Alaykum! Namozni boshlab bo‘lgach ikki rakatga niyat qilgan namozni to‘rt rakatga o‘zgartirsa bo‘ladimi? Misol uchun bir rakatini o‘qib bo‘lgansiz. Sunnat namozini. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabi bo‘yicha niyatni o‘zgartirsa yoki boshqa namozni niyat qilsa, namoz botil bo‘lmaydi. Aksincha birinchi niyat asosida o‘sha namozligicha qoladi. Agar boshqa niyat ila namozni boshlagandan keyin takbir tahrima aytsa, o‘sha yangi niyati asosida boshqa namozga aylanadi. Bunda niyat nafldan farzga yoki aksi, bir o‘zi boshlab keyin iqtido qilishni yoki aksi, adoni niyat qilib keyin qazo yoki aksiga o‘zgartirishi mumkin. Agar niyatni qadai axiraga tashahhud o‘qish miqdoricha qolgan vaqtda o‘zgartirsa, namoz fosid bo‘ladi. Undan keyin salomdan oldinroq bo‘lsa namoz botil bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar