To‘yona qilishni to‘xtatish

Assalomu alaykum! Sizlarga o‘z nomimdan kattadan katta minnatdorchilik bildiraman. Sizlar berayotgan javoblaringiz ortidan avohida vaqt ajratib egallay olmayotgan bilimlarni sekin asta o‘rganib bormoqdaman. Shu o‘rinda yana bir savol meni qiynayapti, Uylanayotgan o‘rtoqlarimga do‘stlardan to‘yona yig‘ib kuyov bolaga topshirish meni zimmamda edi va shu kungacha meni fikrim hamda do‘stlarimni roziligi bilan har bir kishi 4 kg go‘sht narhidan yig‘ib kelayotgan edim amma yaqinda bir ilm egasi avval to‘g‘ri edi ammo bunday fatvo bekor qilindi endi unday qilmanglar ma’lum bir pul aytib shuncha so‘mdan yig‘inglar dedi shu to‘g‘rimi. Lekin bu fikrga ayrim do‘stlarim qarshi chiqyapti ya’ni 4 kg go‘sht narxi qancha bo‘lsa shuncha miqdorda yig‘ish kerakligini aytyapdi (biz albatta pul infilatsiyasini hisobini olyapmiz) bizga shariatdagi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar. Zero bilmagan holda yangi qurgan oilamizni harom luqma ila rizqlantirmaylik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘yga go‘sht olinayotganda o‘sha go‘shtdan olib berib qo‘yinglar. Keyin xohlasa sotib pul qilib olsin, xohlasa o‘sha go‘shtni ishlatsin. Sizlar pul bermasdan go‘sht beringlar yoki kimga qancha pul bergan bo‘lsa o‘shancha miqdorda o‘zini qaytarib olsin. Chunki bu qarz berish hisoblanadi. Qarzda berganini mislichasini qaytarib olish shart qilingan. Ancha-muncha narxni ko‘tarilib tushishini farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 125 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar