Fikr yurutaylik

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! Ustozlar olib borayotgan ishlaringizni Parvardigor xayirli qilsin savobini ziyoda qilsin. Ba’zida keloyotgan savollarni o‘qib hayron qolaman. Nahotki biz fikr yurutishdan to‘xtab qolganmiz??? Misol uchun: «Xolamdan 600 dollar olib 300 dollarga ishlarini xal qilib qolganini o‘zimga olsam bo‘ladimi?» degan savolni o‘qib xayron qoldim. Yana biri «Alloh yo‘lida bir qiz bilan aka singil tutinmoqchimiz. Ruxsat bormi» Naxotki ibodatda bo‘lgan yigit oddiy holatdagi zinoni tushunmasaya. Axir qanday qilib nomahram bilan aka singil bo‘lish mumkin?! Yana bir savolda chumchiq go‘shtini eyish mumkin deyishdi. Men esa mumkinmas dedim. Shu to‘g‘rimi? O‘zimiz hukm chiqarib keyin ustozlarga murojat qilamizmi? Hukmdan oldin so‘ramaymizmi aslida. Hurmatli obunachilar ustozlarni vaqtini bo‘lar bo‘lmas savollar bilan olmaylik. Biz bergan savolimizga amal qilaylik, ustozlar bergan javoblariga ajr mukofot olsinlar Parvardigordan. Men bu bilan kimnidir yomonlamoqchi yoki ilmsiz demoqchi emasman. Shunchaki tafakkur qilaylik avval. Axir Alloh taolo juda ko‘p oyatlarda «fikr yurgizmayslarmi» deb aytib qo‘yganku. Juda ko‘p savol beryapmiz, qaraylik qaysi biriga amal qilyapmiz??? Amal qilolmay qolsak battar yuk bo‘lmaydimi bizga? Kimnidir ranjitgan bo‘lsam yoki hato yozgan bo‘lsam uzur ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizday fikr yuritadiganlarni Alloh saflarini ko‘paytirsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 155 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar