To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Prorok Muxammad (mir emu) prinimal piu odin raz v den. Esli on el utrom, on ne prinimal piu do sleduyuego utra. Esli on prinimal piu nochyu, to on ne el do sleduyuey nochi. Bu ma’lumotlar sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U vaqtlarda hozirgi kundagi qon kamayish kasali o‘rniga qon gupirish kasali bo‘lgan. Shuning uchun qon oldirish ommaviy odat bo‘lgan. Hozirgi kunda esa uning aksi bo‘lib odamlar zaiflashib ketdi. Qolaversa inson qanchalik taqvoda ziyoda bo‘lsa har bir eganini ibodatga sarflashga harakat qiladi. Bizda esa dam olaverib charchab uxlaydi, uxlab charchab dam olishadi. Qorinni to‘ydirish uchun eyiladi, so‘ng uni singdirish uchun taom hazm qiladigan narsalarni eb-ichishadi. So‘ng u yog‘i o‘zingizga ma’lum. عَنْ نَافِعٍ قَالَ: كَانَ ابْنُ عُمَرَ لَا يَأْكُلُ حَتَّى يُؤْتَى بِمِسْكِينٍ يَأْكُلُ مَعَهُ، فَأَدْخَلْتُ رَجُلًا يَأْكُلُ مَعَهُ فَأَكَلَ كَثِيرًا فَقَالَ: يَا نَافِعُ، لَا تُدْخِلْ هَذَا عَلَيَّ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْمُؤْمِنُ يَأْكُلُ فِي مِعًى وَاحِدٍ وَالْكَافِرُ يَأْكُلُ فِي سَبْعَةِ أَمْعَاءٍ Nofe’dan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umar o‘zi bilan birga eydigan miskin topilmasa, taom emas edi. Bir safar birga eyishga bir kishini kiritgan edim, ko‘proq eb qo‘ydi. Shunda u: «Ey Nofe’, buni oldimga kiritma. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Mo‘min bitta ichakka eydi, kofir etti ichakka eydi», deyayotganlarini eshitganman», dedi»حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلَامٍ، أَخْبَرَنَا عَبْدَةُ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الْمُؤْمِنَ يَأْكُلُ فِي مِعًى وَاحِدٍ، وَإِنَّ الْكَافِرَ - أَوِ الْمُنَافِقَ فَلَا أَدْرِي أَيَّهُمَا قَالَ عُبَيْدُ اللهِ - يَأْكُلُ فِي سَبْعَةِ أَمْعَاءٍ».
وَقَالَ ابْنُ بُكَيْرٍ: حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِمِثْلِهِ
 Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min bir ichakka eydi, kofir [yoki munofiq] esa – Ubaydulloh* qaysi birini aytganini bilmayman – etti ichakka eydi», dedilar».

* Ubaydulloh ibn Umar – hadisni Nofe’ orqali Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilayotgan roviy. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 182 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar