Dallol va olib sotarlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, dinimizda dallollik kasbi halolmi? Qora molni bir kunda sotib olib va ustiga pul qo‘yib sotib yuborsa puli halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bozorga kirib kelmasdan kishining molini sotib olib, keyin qimmatroqqa sotishdan qaytarganlar. Chunki bu narsa odatda sotuvchini ham, dalloldan sotib oluvchini ham aldash orqali sodir bo‘ladi. Bozordagi narxga ham ta’sir qiladi. Molni sotib olib, boqib semirtirib sotishning hech qanday karohiyati yo‘q. Qolaversa hozirgi kundagi dallolchilik kishini oxiri oqibat kazzob bo‘lishiga olib boradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar