Gumonmi yoki boshqa narsa?

Assalomu alaykum! Yoshim 16tida. Men tayammum qilaman, tahorat qilishlikka ahvolim to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha tayammum qilayotganimda gumon bo‘ladi. Oldidan siydik kelganday bo‘ladi va orqadan el kelganday bo‘ladi. Bu rostmi yoki shunday tuyuldimi bilmayman, balki bu gumondir. Namoz o‘qiyotganimda ham shunday bo‘ladi, shunda namozni buzib boshidan yana tayammum qilaman. Shu holat besh mahal namozlarda bo‘ladi. Ko‘nglim to‘lmagunicha tayammum qilaveraman. Shunday holartlarda namozni buzishim to‘g‘rimi? Men namozni o‘tirib o‘qiyman. Belim qiyshaygan ya’ni «Mushak destrofiyasi» kasaliga uchraganman. Men ancha yillardan buyon shunday ahvoldaman. Besh yildan buyon yurishdan to‘xtaganman, shunday o‘tirgan holimda najas keladigan joy bosilib turganiga chiqib ketganday bo‘ladimi yoki bu shaytonning vasvasasimi? Yoki bunday bo‘lishi ahvolga bog‘liqmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh bemorligingizni ajrini ziyoda qilib bersin. Sizni holatingizni bizdan ko‘ra o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shunday bo‘lsada aytishimiz mumkin bo‘lgan gap, shariatimizdagi qoida; borligi aniq bo‘lgan tahorat gumon bilan ketgan hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:42 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar