Namoz o‘qiyotganda telefon

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, hozirgi kunda deyarli hamma odamlarda uyali telefonlar bor va hamma masjidlarga «Telefoningizni o‘chirib qo‘ying» degan eslatmalari ilib qo‘yilgan. Lekin shunday bo‘lsa ham ba’zida jamoat bilan namoz o‘qiyotganimizda uni o‘chirish yodimizdan ko‘tariladi. Farz yoki sunnat namozlarini o‘qiyotgan vaqtimizda to‘saddan qo‘ng‘iroq kelib qolsa nima qilish kerak? Javobinggiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozda turgan holatda telefonini o‘chirish namozni buzmaydi. Lekin inson namozga kirayotganda bunchalik beparvo bo‘lmasligi kerak. Namozda, ibodat va xushu’-xuzu’da turgan insonlarni duoibad va la’natidan saqlanish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar